TURKIYA BURSLARI
Turkiya bursları – bu xorijiy talabalarni Turkiya oliy taʼlim muassasalarida toʻliq grant asosida taʼlim olish imkonini beruvchi Turkiya hukumati dasturi hisoblanadi. Bu dastur uchun hujjat topshirish har yili yanvar-fevral oylarida bo’lib o’tadi. Dastur doirasida har yili butun dunyodan 5000 nafar nomzod ushbu grant bilan taqdirlanadi.
Grant dasturidan maqsad kelajakda mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni va jamiyatlar o’rtasidagi ozaro tushunishni mustahkamlaydigan yetakchi yoshlarni qo’llab-quvvatlashdir.
Turkiya Burslari dasturi kimlar uchun?
Grant dasturi bakalavr, magistratura va doktorantura darajalari uchun
Turkiya Burslari dasturida kimlar qatnasha oladi?
Barcha xorijiy bitiruvchi va joriy yilda (2024 iyunda) bitiradiganlar
Turkiya Burslari dasturida kimlar qatnasha olamaydi?
Turkiya fuqarolari yoki Turkiya fuqaroligini yo’qotganlar hamda Turkiyadagi universitetlarda o’qiyotgan xorijiy talabalar
Dastur uchun yosh chegarasi:
Bakalavr uchun – 21 yosh
Magistratura uchun – 30 yosh
Doktarantura – 35 yosh
Turkiya bursları afzalliklari?
- Bepul ta’lim
- Bepul turk til kursi “TÖMER” (1 yillik)
- Bepul yotoqxona
- Bepul tibbiy sug’urta
- Bepul bir tomonlama aviachipta
- Oylik stipendiya. bakalavr: 1000 lira, magistratura: 1400 lira, doktorantura: 1800 lira
Dasturda ishtirok etish taqvimi:
Hujjat topshirish – odatda har yili 10 yanvar va 20 fevral
Baholash: fevral – may oylarida
Muloqot: mart – iyun oylarida
Natijalar e’lon qilinishi: iyul oylarida
Talabaning Turkiyaga kelishi: sentabr oylarida
Hujjat topshirish jarayoni
Hujjatlar https://www.turkiyeburslari.gov.tr sayti orqali online tarzda topshiriladi.
Dasturda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlar taqdim qilinishi va saytga yuklanishini lozim.
Pochta yoki kuryer orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Dasturda qatnashishga ariza topshirish bepul.
Nomzodlar Turkiya universitetlardan dasturga kiritilgan 12 ta universitet tanlovidan bittasiga va bitta yo’nalishga qabul qilinadi.
Zaruriy baholar reytingi
Bakalavr uchun maktab attestati, litsey yoki kollej diplom baholarining minimal reyting ko’rsatkichi – 70 %
Magistratura hamda doktorantura uchun bakalavr va magistratura diplom baholarining minimal ko’rsatkichi – 75 %
Tibbiyot, Stomatologiya, Farmasevtika uchun minimal baholar ko’rsatkichi – 90 %
Kerakli hujjatlar:
- Pasport orginali (elektron)
- Pasport notarial tarjimasi (Turk tiliga elektron)
- Diplom va ilovasi orginal (elektron)
- Diplom va ilovasi notarial tarjimasi (Turk tiliga elektron)
- Rasm 3,5 x 4,5 (oq fonda elektron)
- Elektron pochta manzili
- Akademik ma’lumotnoma (maktab yoki kollej, baholar reytingi haqida)
- Maktab, litsey va kollejlardan diplom va ta’lim yoki sport sertifikatlari, (agarda bo’lsa)
- Til saviya sertifikati TÖMER (agarda bo’lsa)
- Xalqaro imtihonlar natijasi (agarda bo’lsa)
Qo’shimcha majburiy hujjatlar
Motivation letter (Niyat maktubi) – nima uchun Turkiyani tanlaganingiz, tanlagan yo’nalishingiz sababi, bitirgandan so’ng kelajakdagi maqsadlaringiz haqidagi ma’lumot.
Reference letter – o’qish joyingizdagi o’qituvchi tomonidan beriladigan siz haqingizdagi tavsiyanoma. Tavsiyanoma beradigan o’qituvchini ilmiy unvoni yuqoriroq bo’lgani yaxshi: fan nomzodi, professor, akademik. Tavsiyanomada o’qituvchining faol elektron pochta manzili yozilishi kerak.
Birinchi bosqich. Hujjat topshirish tugagandan so’ng nomzodlarning hujjatlari, maqsadlari, qiziqishlari mutaxassislar tomonidan batafsil o’rganib chiqiladi. Bu birinchi bosqich sanalib mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o’tganlarning keyingi bosqichga – Suhbat jarayoniga ro’yhati tuziladi. Bazan suhbat yoki matematika va mantiqdan iborat test imtihoni ham bo’lishi mumkin.
Ikkinchi bosqich. Suhbat bosqichiga o’tgan nomzodlor dastur mutaxassislar iborat suhbat komissiyasi tomonidan suhbat qilinib baholanadi. Suhbat odatda o’rtacha 15-20 daqiqa davom etadi. Suhbatda so’raladigan mavzular asosan nomzodning Turkiyada o’qishdan maqsadini o’rganish, o’qish joyi haqida malumotlarni so’rash kabilardan iborat.
Uchinchi bosqich. Tanlov bosqichi. Muloqot komissisyasi tomonidan nomzod sifatida belgilangan talabalarning suhbat natijalari tanlov komissiyasi tomonidan baholanib grant yutgan nomzodlar ro’yhati tuziladi.
TAVSIYA: Hujjatlaringizni imkon darajasida mukammal qilishingiz, malumotlarni to’g’ri kiritishingiz, muloqot bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko;rib maqsad va qiziqishlaringizni aniq, lo’nda qilib hayajonlanmasdan tushuntirib berishingiz kerak bo’ladi. Suhbatni o’zbekcha biladigan dastur xodimi olib boradi. Agar xorijiy til (turk, ingliz va boshqa) bilmasangiz bemalol o’zbekchada javob berishingiz mumkin.
Suhbat bosqichiga yetib borganingizda ham shoshilmang, hali bu grant yutdi degani emas. Keyinchalik hijolat bo’lmaslik uchun ovoza qilmang. Grant yutganingizdan so’ng xursandchiligingizni yaqinlaringiz bilan bo’lishsangiz bo’ladi. Va eng asosiysi bu dasturga ishonib boshqa variantlarni chetga surib qo’ymang. Suhbat natijalari iyul oyida e’lon qilinganda siz grant yuta olmagan bo’lsangiz iyulgacha bo’lgan vaqtni boy berasiz. Bunday bo’lmasligi uchun zaxira sifatida boshqa davlatlarga, boshqa dasturlarga ham topshirib qo’ying.